

Unda MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov futbol bo'yicha O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi yetakchi futbolchilarining Osiyo kubogida ishtirok etish yoki etmasligi haqida fikr bildirdi.
Turnir bo'lib o'tadigan vaqt FIFA kunlariga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun yetakchi futbolchilarimizni klublari ushbu Osiyo kubogiga qo'yib yubormaslik huquqi ega. Lekin biz hozirgi kunga kelib O'FA va MOQ rahbariyati bilan Rossiya va Fransiya klublari vakillari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Xudo xohlasa, ushbu futbolchilarni O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida Osiyo kubogida ko'ramiz, - deb fikr bildirdi Oybek Kasimov.




