Montolivo: "Milan" chempionlikka davogar emas"

Mirjalol Normatov
10 dek 2023
"Milan"ning sobiq futbolchisi Rikkardo Montolivo milanliklarning "Atalanta"dan uchragan mag'lubiyatiga fikrlarini bildirdi.

Garchi mavsumning birinchi yarmi o'tib bo'lmaganiga qaramasdan sobiq futbolchi "Milan"ni chempionlik uchun davogarlikdan chiqardi.

"Milan" endi chempionlikka davogar emas. Jamoada bunga etarli potencial ko'rmayapman. "Napoli"dagi chempionlik uchun imkoniyatlar yuqoriroq deb hisoblagandim, biroq xato qilgan ekanman. "Inter"da esa adashmaganman, ayni damda ular yetakchi bo'lib turibdi", - dedi Montolivo.

"Milan" navbatdagi turda "Monca"ga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pianetamilan.it