Mondragon: “Mening rekordim butun Kolumbiyaga tegishli”

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2014
Kolumbiya terma jamoasi darvozaboni Farid Mondragon Yaponiyaga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin o'z tuyg'ularini yashira olmadi.
Kolumbiyaliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi, 43 yoshli futbolchi ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi. Shunday qilib u mundial tarixidagi eng keksa futbolchi sifatida  rekordni yangiladi.

“Muxlislarimizga bunday quvonch taqdim etganimizdan xursandman. Mening rekordim Kolumbiya futboliga va yutimga tegishli. O'z natijalarimdan faxrlanaman. Biznikilar uchinchi golni urganida, murabbiyi menga tezda maydonga chiqish uchun kiyinishimni aytdi”  - deydi Mondragon.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com