"Monca" haligacha Ikardining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Alisher
4 avg 2022
PSJ hujumchisi Mauro Ikardiga hali ham "Monca" qiziqmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Ikardi klub xo'jayinlari Silvio Berluskoni va Adriano Gallianining orzusi hisoblanadi.

Argentinalik "Monca"ga ijara asosida o'tishi mumkin, ammo italiyaliklar Ikardi maoshining sezilarli qismini o'z bo'ynilariga olishlariga to'g'ri keladi.

29 yoshli futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira