"Monako" - PSJ uchrashuvi o'tkaziladigan sana ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
3 dek 2019
Fransiya chempionati 15-turi doirasidagi "Monako" - PSJ uchrashuvi o'tkaziladigan sana ma'lum qilindi.

Bahs aslida 1 dekabr kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq ob-havoning yomon bo'lganligi sababli o'yinni o'sha kuni o'tkazishning ilojisi bo'lmadi.

Parij klubi tvitteri xabariga ko'ra, o'yin 15 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

"Monako" ayni damda Fransiya chempionatining 14-pog'onasida ketayotgan bo'lsa, PSJ jadvalda karvonboshilik qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express