"Monako" Destni xarid qilmoqchi. "Barsa" himoyachini 20 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
19 fev 2022
"Barselona" Serjino Destni 20 mln evro evaziga sotishi mumkin.

Fransiyaliklar vakillari ehtimoliy transferni muhokama qilish uchun Barselonaga tashrif buyurishdi.

"Monako" o'yinchiga o'tgan yozdan beri qiziqish bildirgandi, ammo amerikalikni hozir ijaraga emas, birdan xarid qilishga tayyorlar.

"Ko'k-anorranglilar" Destni 20 million evroga sotishga tayyor, ammo qaror futbolchining o'zida qolmoqda. Serjinoning o'zi ayni damda kyetishni xohlamayapti.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport