"Monako" "Borussiya" forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
5 iyul 2022
"Monako" Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi hujumchisi Brel Embologa qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, klub 25 yoshli shveytsariyalik borasida 10 mln evrodan ko'proq miqdordagi taklifni berdi. Tomonlar muzokaralar olib borishmoqda, futbolchining o'zi esa o'tishga tayyor.

Embolo o'tgan mavsum "Borussiya" tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 15 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal