Moldovalik darvozabon Gennadiy Moshnyaga "Andijon"da

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2015
"Andijon" klubi 2015 yilgi oliy liga bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Edgar Gess shogirdlari bugun "Mashal"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.

O'yinda "burgutlar" safida moldovalik posbon Gennadiy Moshnyaga ishtirok etdi. 1985 yilda tug'ilgan darvozabon "Dachiya" klubidan "Andijon"ga keldi. Undan oldin "Rapid" va "Zimbru" kabi klublarda faoliyat olib borgan posbon 2011 yil mamlakat chempioni bo'lgan.

Agar darvozabon "Andijon" murabbiylariga yaxshi taassurot qoldira olsa mavsumni O'zbekistonda boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia