Moyes: "Kelajakda Adnan ajoyib futbolchiga aylanadi"

Tolibjon Qosimov
28 okt 2013, 12:19
"Manchester Yunayted" Devid Moyes jamoa yarim himoyachisi Adnan Yanuzayni porloq kelajak kutayotganiga shubha qilmasligini aytib o'tdi.
"Adnan Yanuzay bilan 5 yillik shartnoma tuzilgani, klubning eng yaxshi yosh futbolchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishga tayyor ekanini ko'rsatadi".


"Yosh futbolchilar "Manchester Yunayted" safida o'yinlarini yaxshilab borish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Shubha qilmaymanki, Adnan ajoyib futbolchi bo'lib yetishadi. U hozir bor yo'g'i 18 yoshda. Ayni vaqtda ajoyib sport formasida va yoshiga nisbatan juda yaxshi o'yin ko'rsatyapti", dedi Moyes.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru