Modrich Marselo haqida: "Futbol va "Real" afsonasi"

Aziz Tukhtamuradov
16 iyun 2022
Luka Modrich Marseloni futbol va "Real" klubi afsonasi deb atadi.

"Do'stim, sen bilan birga o'ynash va g'alaba qozonish men uchun sharaf. Madridga kelganimdan buyon men uchun qilgan barcha ishlaring uchun rahmat. 

Sen futbol va "Real" afsonasisan. Seni sog'inib qolaman. Barcha yaxshi tilaklarimni tilayman", - dedi Modrich. 

34 yoshli Marselo "Real" bilan birga 25 ta sovrin qo'lga kiritgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru