MLS. Tongda David Vilya - Shvaynshtayger to'qnashuvi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
26 sen 2018, 17:14
27 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 04:00da MLS Sharqiy konferenciyasida "Nyu York Siti" - "Chikago Fayr" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.


NYU-YORK SITI - CHIKAGO FAYR
27 sentyabr. Nyu-York. "Yanki-stedium" stadioni. 04:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam 
- Jeyr Antonio Marrufo (Texas).

Nyu York klubi 30ta o'yinda 50 ochko to'plab musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Chikago klubi esa 29ta uchrashuvda 28 ochko bilan 10-o'rinda joylashgan.

"Nyu York Siti"ni murabbiy Domenek Torrent boshqarmoqda. Jamoa safida ispaniyalik mashhur hujumchi David Vilya o'ynamoqda. Futbolchi bu mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib 11ta gol urishga erishdi.


"Chikago Fayr"da esa murabbiy Velko Paunovich hisoblanadi. Ushbu klub yulduzi so'zsiz germaniyalik Bastian Shvaynshtayger. Bugungi kunda klub to'purari 14ta gol urgan vengriyalik Nemanya Nikolich hisoblanadi.


"Nyu York Siti" va "Chikago Fayr" shu kunga qadar 8 marta to'qnash kelishgan. 3ta uchrashuvda Nyu York klubi, 2ta o'yinda Chikago klubi yutgan. Qolgan uchta bahsda tomonlar murosaga kelishgan. "Nyu York Siti" o'z maydonida hech qachon bu jamoaga yutqazmagan: 2ta g'alaba, 2ta durang.







Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia