MLS o'zgacha formatda restart oladi. Bahslar Walt Disney World'da o'tadi

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2020
MLS rahbariyati joriy mavsumni 8 iyuldan boshlab, noodatiy formatda davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Floridadagi Walt Disney World'da joylashgan ESPN Wide World of Sports kompleksida muxlislarsiz turnir tashkil etiladi. Unda MLSning barcha 26ta jamoasi qatnashadi.

Ishtirokchilar 6 guruhga bo'linadi va bahslardagi natijalari chempionatning hozirgi jadvali bo'yicha hisoblab boriladi.

Guruh bosqichidagi eng yaxshi 16 jamoa pley-offga yo'l oladi, g'olib esa KONKAKAF Chempionlar Ligasiga chiqadi.

Jamoalar 24 iyun kuni mashg'ulotlarni odatdagi rejimda boshlashi mumkin.

Koronavirus pandemiyasi tufayli mart oyida MLS muntazam chempionati 2 turdan so'ng to'xtatilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Guardian