"Miyangni biroz ishlat". Shakira yangi qo'shig'ida Pikeni "er tishlatdi"

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2023
Jerar Pike va Shakira o'rtasidagi mojaro hali beri tugamaydiganga o'xshaydi.

Yulduzli juftlik 2022 yilning yozida futbolchining ishidan so'ng ajrashib ketgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, Pike Shakira bilan birga payti Jerar o'zining prodyuserlik kompaniyasida ishlaydigan 23 yoshli talaba Klara Chia Marti bilan uchrashishni boshlagan edi.

Shakira va Pike ajrashganidan so'ng ko'p voqealar sodir bo'ldi. Masalan, xonanda farzandlari uchun kurashda sudda g'olib bo'ldi va endi "Barselona" sobiq himoyachisi farzandlari bilan faqat Shakira roziligi orqali uchrashishi mumkin.

Bugun Shakira Pikega navbatdagi zarbani berdi. U argentinalik mashhur didjey hamda prodyuser Bizarrap studiyasida yangi qo'shiq ijro etdi. Bu shunchaki qo'shiq emas, to'laqonli diss - Pike va uning yangi sevganiga atalgan zarbalar to'plami.

Birinchi kupletda Shakira oddiy metaforalardan foydalangan, ammo so'nggi qatorda sobiq erini "tepib" o'tib ketgan:


Kechir, men endi boshqa samolyotdaman

Qaytmayman, yana ortga burilishni xohlamayman

Sen chempionligingni ko'rsatishga urinyapsan

Men senga muhtojligimda o'zingni yomon tomondan ko'rsatding

Mendek ayol bo'ri, sen kabi yigitchalar uchun emas


Naqarotda so'zlar ko'p emas, ammo Pikening yangi sevgani esga olingan.


Mendek ayol bo'ri, sen kabi yigitlar uchun emas

Sendan ancha o'zib ketdim, aynan o'shu uchun o'zing kabi qiz bilansan


Ikkinchi to'rtlikda eng "yondiradigan" joyi boshlangan


Bu ishni ko'nikishing uchun qildim

Yig'lasang ham, yalinsang ham qaytmayman endi

Senga bo'lgan tanqidlar - mening ayblarim emas


Qarzlar va jurnalistlar bilan eshik oldida tashlab ketding

Menga og'ir bo'ladi deb o'ylading, ammo yanada kuchli ayolga aylandim.


Ikkinchi kuplet o'rtasida Shakira Pikening yangi muhabbatiga yaxshigina zarba bergan. 22 deyilgan joy qizning yoshiga ishora. Xonanda 45 yoshda, ikki karra katta.


O'rinbosarim bilan qolding, senga omad tilayman

Senga nima bo'ldi, buni aslo bilmayman,

Men 22dan ikki baravar qimmatman

Sen Ferrarini Renaul Twingo (Sparkga o'xshash mashina) almashding

Sen Rolexni Casioga almashding.


Oxirida - intellekt haqida "panch" bo'lgan va Shakira buni boshqa so'zlar bilan qog'ozga o'rab o'tirmagan.


Zalda rosa ishlaysan

Ammo miyangi ham biroz qiyna.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com