Mixed Zone: Tayris Frencis: "Bu men uchun qita miqyosidagi birinchi musobaqa bo'ldi"

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
Xabaringiz bor yurtimizda U-23 Osiyo kubogi bahslari yakunlanmoqda va bir necha soatlar oldin ushbu turnirning 3 o'rin uchun Yaponiya - Avstraliya (3:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan so'ng Avstraliya jamoasi sardori Tayris Frencis bilan suhbatlashdik.

- Turnirdagi ajoyib ishtirokingiz milliy jamoadagi o'rningizga qanday tasir qiladi?

- Oxirgi ikki o'yinda gol ura olmagan bo'lsak-da, musobaqada yaxshi ishtrok etdik. Milliy jamoa haqida gapiradigan bo'lsam, u erda yuqori darajadagi futbolchilar yig'ilgan. Endigi asosiy maqsadim - klubimda ham yaxshi o'yin ko'rsatib jahon chempionatiga milliy jamoa bilan borish.

- Bu turnirdagi orttirilgan tajriba keyingi Osiyo kubogi uchun yaxshi ta’sir ko'rsata oladimi?

- Albatta. Bizda ajoyib jamoa yig'ilgan va ajoyib murrabiy bor. Keyingi Osiyo kubogiga biz yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz.

- Bu musobaqadan qanday xotiralarni olib ketayapsiz?

- Bu men uchun qita miqyosidagi birinchi musobaqa bo'ldi va bu erda yuqori darajadagi futbolni ko'rib, o'zim uchun dars oldim.

Uchqun Azimov suhbatlashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia