"Mixed zone". Vladimir Nazarov: "Stadionda super muhit yaratgan muxlislar faqat g'alabaga loyiq"

Eldor Akmurzayev
12 iyun 2022
U-23 Osiyo kubogi musobaqasi ayni avj pallasiga kirib bormoqda.

Kecha oqshomda iroqlik tengqurlariga qarshi maydonga chiqqan terma jamoamiz iroda ko'rsatgan holda g'alabani o'ziniki qildi. Penaltilar seriyasida raqibning zarbasini qaytargan Vladimir Nazarov uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Birinchi galda muxlislarga ajoyib qo'llab - quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. Lekin turli buyumlarni otishganini oqlamayman. Ular faqat g'alabaga loyiqlar. Darvozabonimiz Abduvohid Ne'matov qizil kartochka olmaganida, balkim o'yin surati boshqacha kechardi. Zaxiradan katta mas'uliyatni bo'ynimga olib tushdim. Oson bo'lgani yo'q. Shu kuni hattoki, Iroqdan ham yaxshi o'ynadik. 

Keyingi bosqichdagi raqibimiz kuchli jamoa. Yaponiya ham, Janubiy Koreya ham osonlikcha mag'lubiyatga uchramaydi. Lekin maqsadimiz yo'lida oldinga qarab harakat qilamiz", - deydi Nazarov.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia