"Mixed zone". Muhammadqodir Hamraliev: "Bu oqshomda "Paxtakor" safida orzuim ushaldi"

Iskandarov Abdulaziz
18 mar 2023
Kecha "Paxtakor" safida "Navbahor"ga qarshi uchrashuvda Muhammadqodir Hamraliev debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Aslida mazkur klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Hamraliev katta futboldagi debyutini "Dinamo"da amalga oshirgan, o'tgan yili esa "Olimpik" tarkibida harakat qilgandi. Qishki transferlar oynasida "Paxtakor"ga ko'chib o'tdi. "Navbahor" bilan kechgan o'yindan so'ng uning taasurotlari bilan qiziqdik. 

"Birinchi galda murabbiylar ishonch bildirib maydonga tushirganidan xursandman. Avvalgi ikki o'yinda to'p tepmagandim. Shu kun yozilgan ekan, nima ham qiladim. Buyog'iga berilgan imkoniyatdan foydalanib ishlashda, oldinga intilishda davom etamiz. Umuman olganda orzuim ushaldi, desam mubolag'a bo'lmaydi. 

Kuchli jamoalarga qarshi mas'uliyatli o'yinlar shaxsan menga yoqadi. Maydonda haqiqiy kurash kechdi. Qolaversa, "Navbahor" ham yaxshi o'yin ko'rsatganini aytish joiz. Reja bo'yicha to'p tepdik, maqsadimizga erishdik. Raqib safida kuchli hujumchilar bor. Ularga yaqinroq o'ynashimiz kerakligi aytilgandi. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman",- deydi Muhammadqodir Hamraliev.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia