Mixed Zone: Daiki Matsuoka:"Janubiy Koreya juda kuchli jamoa"

Administrator
10 iyun 2022
Bir necha soatlar oldin Yaponiya U-23 va Tojikiston U-23 o'rtasidagi uchrashuv o'z yakuniga etdi va biz uchrashuv qahramoni oltinchi raqamli o'yinchi Daiki Matsuoka bilan suhbatlashdik.

-O'yin haqida fikringiz...

-Bugun qiyin o'yin o'tkazdik. Bugun ko'rsatgan o'yinimni Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda ham ko'rsatishga harakat qilaman. Bugungi o'yin tarixga aylandi. Endi bor e'tiborimni keyingi uchrashuvga qarataman.

-Saudiya Arabistoni, BAA va Tojikiston. Qaysi raqibga qarshi o'ynash qiyinroq bo'ldi?

-O'ylashimcha Saudiya Arabistoni. Chunki bu jamoa futbolchilari juda kuchli va tez ekan.

-Janubiy Koreya ustidan g'alaba qozonishingizga qanchalik ko'zingiz etadi?

-Janubiy Koreya juda kuchli jamoa. Bu jamoada mening klubdagi jamoadoshim o'ynaydi.

Uchqun Azimov suhbatlashdi.



AdministratorMuallif
Manba: championat.asia