Mixed Zone. Archie Anri: "Biz bu musobaqada chempion bo'lishimiz shart"

Alisher
4 iyun 2022
Yurtimizda bo'lib o'tayotgan U-23 Osiyo chempionati 1-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Musobaqa favoritlaridan biri sanalgan Yaponiya birinchi turda BAAga qarshi maydonga chiqdi. 

Qiziqarli kechgan bahsda Go Oiva shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan so'ng Yaponiya U-23 jamoasi Archie Anri bilan suhbatlashdik.


- G'alaba bilan tabriklayman, o'yin haqida fikringiz...

- Rahmat, bugun ajoyib g'alabani qo'lga kiritdik. Ikkinchi bo'limda to'p qo'limga tegib penalti belgilandi va jamoamga pand berib quyishim mumkin edi.

- Siz yaponiyalikka o'xshamaysiz, bu esa bizni biroz hayron qoldirdi...

- Men yarim amerikalik va yarim yaponiyalikman.

- Bu turnirga aniq maqsad qo'yilganmi?

- Albatta, biz bu musobaqada chempion bo'lishimiz shart. Biz U-21 jamoasi bo'lsak-da oldimizga g'alaba qozonish vazifasi quyilgan.

- Guruhingizda kim favorit deb o'ylaysiz?

- Guruhimizda barcha jamoa kuchli, bu turnirda kuchsiz jamoalar qatnashmaydi.

- Siz himoyachisiz va bugun raqib jamoasining qaysi futbolchilari sizga qiyinchilik tug'dirdi?

- 9-raqamli o'yinchi (Abdulrahmon Alnaqbi - taxr.) - gavdasi kichik va juda ham tez yugurar ekan. Bu futbolchini to'xtatish uchun yaxshigina ter to'kishimga to'g'ri keldi.  


Uchqun Azimov suhbatlashdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia