"Mixed zone". Abdurauf Bo'riev: "Iroqning provokaciyasiga e'tibor berilmasa, kubok O'zbekistonda qoladi"

Mirjalol Normatov
18 mar 2023
"Olimpik" Superliganing navbatdagi turida OKMK bilan kuch sinashdi (0:1).

Mazkur uchrashuvdan so'ng "Olimpik" yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Olimpik" dastlabki ikki turni yuqori kayfiyatda o'tkazgan edi. Lekin bugun ko'p narsa o'xshagani yo'q...

- Omad etishmadi, deb o'ylayman. Vaziyatlarni yakuniga etkazishda xatolarimiz bo'ldi. Ayrim pallalarda raqibdan ustunlik qilgan bo'lsakda, gol ura olmadik. 

- Jamoadagi futbolchilarda hali ham qizziqonlik, shoshqaloqlik bordek. Kartochkalar ko'p bo'lyapti. Bu omil salbiy ta’sir qilmaydimi? Bugun ham yo'qotishlar o'rni sezildi...

- O'yin tempini hakamlar boshqaradi. Agar o'yin tempini bir maromida olib borishsa, kartochkalar bo'lmaydi. O'tgan o'yinda ham shunday holat kuzatildi. 

- U-20 terma jamoamiz finalda Iroq bilan o'ynaydi. Final haqida ham, Iroq haqida ham tasavvurga egasiz...

- Bir narsani aytishim mumkinki, final ungacha bosib o'tilgan yo'ldan farq qiladi. Alohida tayyorgarlik talab etiladi. Ukalarimga raqibni hurmat qilib maydonga tushishlarini, provakaciyaga uchmasliklarini maslahat bergan bo'lardim. Iroq provakaciyasiga e'tibor berilmasa, kubok O'zbekistonda qoladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia