Mixaylovich: "Maksi Lopes haligacha o'zi bilan kir yuvadigan mashinasini olib yuripti"
Aslanov Jasurbek
22 yanv 2017
"Torino" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovichning ma'lum qilishicha, hujumchi Maksi Lopes haligacha ortiqcha vazndan halos bo'lmagani tufayli uchrashuv qaydnomalariga kiritilmayapti.
Murabbiy bu haqda hazilomuz ohangda gapirib o'tdi.
"Nega Lopes tarkibda yo'q? U haligacha o'zi bilan kir yuvadigan mashinasini olib yuripti" - deydi Mixaylovich.
Joriy mavsumda 32 yoshli Lopes A Seriyaning 8 ta uchrashuvida maydonga tushdi.