Mixail Laudrup: "Bugun juda muhim g'alabaga erishdik"

Narzulla Saydullayev
17 mar 2015
OCHL 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lahviya" o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Mixail Laudrup ishtirok etdi.

"Yaxshi o'yin bo'ldi. G'alabadan xursandman. Birinchi bo'limda taktik jihatda yaxshi o'ynadik. Raqibga imkon qoldirmadik. Bugungi g'alaba biz uchun juda muhim bo'ldi", - deydi Laudrup.


- "Bunyodkor" jamoasining bunchalik kuchsiz o'yin ko'rsatishini kutganmidingiz?

- Birinchi bo'limda raqib men kutganimdek yaxshi o'ynadi. Hujum qilishga urindi. "Bunyodkor" kuchsiz o'ynamadi.


- Nima uchun "Bunyodkor" himoyada xatoga yo'l qo'yganida qarshi hujumlardan so'ng ikkinchi golni urishga urinmadinglar. Sizlarda bunday imkoniyatlar bo'lgandi. 

- Biz hujum qilishga urindik. Tarkibimizda jarohat olganlar ko'p. Bugun ham sardorimiz jarohat oldi.


- Fikringizcha "Bunyodkor" juda ham qo'pol o'yin namoyiish etmadimi?

-Raqib birinchi bo'limda kutilganidek yaxshi o'ynadi. Ikkinchi bo'limda esa ular shoshishdi va ko'p xatoga yo'l qo'yishdi. O'tgan safar "Persepolis"ga qarshi o'yin kabi ko'p hujum qildi. Ketma-ket uydagi o'yinda yutqazib qo'ydi.


- Kecha siz "Bunyodkor" Rossiya klublariga o'xshaydi degan edingiz. Bugungi o'yindan keyin ham fikringiz o'zgarmadimi? 

- Raqib jismonan kuchli jamoa hisoblanadi. Har qanday holatda "Bunyodkor"ni hurmat qilaman.


- "Bunyodkor" guruhdan chiqish imkoniyatini yo'qotdi deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, hali oldinda 3ta o'yin bor. O'sha o'yinlarda g'olib bo'lishsa guruhdan chiqishadi.



Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia