Mirjalol Qosimov: "O'zbekiston kubogidagi minimal vazifani bajarib, guruhdan chiqqanimiz bilan ishqibozlarimizni tabriklayman!"

Sherzod Nurmatov
19 apr 2022
O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan AGMK – "Zomin" (4:1) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin qiziqarli va hujumkor ruhda o'tdi. Ishonchli g'alaba erishib, muxlislarga quvonch bag'ishlaganimizdan xursandman. O'zbekiston kubogidagi minimal vazifani bajarib, guruhdan chiqqanimiz bilan ishqibozlarimizni tabriklayman!

"Zomin" jamoasi ham bugun etarlicha qarshilik ko'rsatishga urindi, o'tgan o'yinlarda bekorga ochko olmaganini isbotladi. Lekin biz raqibni kerakligicha o'rganib, ularga qarshi aniq reja asosida o'ynadik. O'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. 

Jamoamiz o'yindan-o'yinga o'z futbolini yaxshilab, kerakli natijalarga erishmoqda. Buyog'iga Superliga o'yinlari davom ettiriladi. Yaqin 1 oy davomida chempionat doirasida 7 o'yinda ishtirok etamiz. Navbatdagi uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz va muxlislarni xursand etish uchun ishlaymiz", – dedi olmaliqliklar ustozi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia