Mirjalol Qosimov: "Darvozabonimiz birinchi golda vaqtliroq chiqishi kerak edi, ikkinchisida esa joyida qolishi lozim edi"

Administrator
16 apr 2023
Coca Cola Superliganing 6-turi doirasidagi “Metallurg” - OKMK (2:0) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Og'ir xatolarimiz sabab mag'lub bo'ldik. Birinchi bo'limda o'yin tizginini o'z qo'limizga olganimizda, kutilmaganda sodir bo'lgan chetlatish  sodir bo'ldi va uchrashuvning borishini o'zgartirib yubordi. 10 kishi qolgan bo'lsak-da, dastlabki taymni yaxshi o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda tushunarsiz xatolar sabab, imkoniyatni boy berdik. Yuqori maqsadni qo'ygan jamoa futbolchilari bunday xatoga yo'l qo'yishi kerak emas. Darvozabon yarim jamoa deb bejiz aytishmaydi. Rahimov birinchi golda vaqtliroq chiqishi kerak edi, ikkinchisida esa joyida qolishi lozim edi", -deydi Mirjalol Qosimov.


AdministratorMuallif
Manba: ОКМК клуби матбуот хизмати