Mirg'iyos Sulaymonov: “Andijon” keyingi o'yinlariga omad tilaymiz"

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2016
Oliy liganing 11–tur doirasida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z uyida “Andijon” klubini qabul qildi.

Ushbu bellashuvdan so'ng “Metallurg” yarim himoyachisi Mirg'iyos  Sulaymonov  o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- Avvalambor g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqida fikrlaringiz qanday?
- Rahmat. O'yin juda yaxshi bo'ldi. “Andijon” jamoasi bizga qarshi juda ham yaxshi tayyorgarlik ko'ribdi.  Hujumkor o'yin ko'rsatdi. Biz ham jamoaviy o'yin ko'rsatdik. Omad biz tarafda ekan, muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdik. “Andijon” jamoasiga keyingi bahslarda omad tilaymiz. Bizda esa keyingi uchrashuv “Bunyodkor” klubiga qarshi bo'ladi va unga jiddiy tayyorgarlikni boshlaymiz.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia