Miranchuk “Lokomotiv” muxlislari bilan xayrlashayotganda ko'ziga yosh oldi

Eldor Akmurzayev
30 avg 2020
Aleksey Miranchuk faoliyatini “Atalanta”da davom ettirishga yaqin turibdi.

Rossiya chempionati doirasidagi “Lokomotiv” – “Zenit” (0:0) bahsi oldidan moskvaliklar yarim himoyachisi jamoa muxlislari bilan xayrlashish uchun maydonga chiqdi. Avvaliga stadion ekranida Miranchukka bag'ishlangan videorolik namoyish etildi, keyin esa uning o'zi maydonga chiqib keldi va xayrlashuv nutqini qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, “Atalanta” Alekseyning transferi uchun 14,5 mln evro sarflaydi. U bergamoliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com