“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Bugun uchinchi o'rin va final uchun uchrashuvlar bo'lib o'tadi

Khoja
24 iyul 2024
Bugun “Mirabror Usmanov Cup-2024” xalqaro futsal musobaqasining hal qiluvchi bahslari bo'lib o'tadi.

Uchinchi o'rin uchun qo'shnilarimiz Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv soat 17:00 ga belgilangan.

Final bahsida esa O'zbekiston futzal terma jamoasi Gvatemalaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.

Har ikki bahsga kirish bepul. Uchrashuvlar Yunusobod SM bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia