Mino Rayola "Milan"ga mijozining xizmatlarini taklif qildi

16 noya 2019, 22:15
Bu haqida Football Italia nashri ma'lum qildi.

"Everton" klubi hujumchisi Moyze Ken Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchining agenti Mino Rayola o'z mijozining xizmatlarini "Milan" klubiga taklif qilgan. Moyzening transferi 30 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, italiyalik futbolchi joriy yilning yozida Turinning "Yuventus" klubidan xarid qilingandi.


Manba: Football Italia