Mino Rayola: "De Ligt "Yuventus" sardoriga aylanishi mumkin"

Alisher
9 dek 2020
Agent Mino Rayola himoyachi Matteys de Ligtni "Yuventus"ning kelajakdagi yetakchisi sifatida ko'rmoqda.

"Men Matteysni Rembrant bilan taqqoslagan bo'lardim. Himoyachi kelajakda "Yuventus" sardori bo'lishi mumkin. "Barselona" va "Bavariya" u bilan shartnoma imzolashni xohlashgan edi, ammo Turinga o'tish ideal tanlov edi.

De Ligt eng kuchlilardan biriga aylanadi va "Oltin to'p"ni yutadi. Keyin esa yaxshi siyosiy kareraga ega bo'ladi", - deydi Rayola.

De Ligt joriy mavsum Italiya chempionati doirasida 3ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport