Mino Rayola: "Agar Pellegri 25 mln tursa, unda Moyze Kin - 75 mln"

Tolibjon Qosimov
31 yanv 2018, 19:07
Agent Mino Rayola ijara asosida "Verona"da o'ynaydigan "Yuventus"ga tegishli mijozi Moyze Kinning narxi haqida gapirib o'tdi.

"Menimcha, Moyze Kin Petro Pellegridan yaxshiroq. Agar uni 25 million evroga sotishgan bo'lsa, unda Moyze 75 million turadi.

Pellegri o'sishi kerak, lekin u dunyoda eng yaxshilardan biri bo'lishi mumkin. Agar "Monako" uni 3 yil ushlab tursa yaxshigina pul ishlab olishlari mumkin", - dedi Rayola.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia