Mini-futbol: Qo'qonliklar ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2018
Farg'onada mini-futbol bo'yicha Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan ettita yosh toifadagi guruhda tashkil etildi.

Maxsus futbol maktab-internetlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o'smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o'smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o'rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning dastlabki bosqich o'yinlari  o'z yakuniga etdi.

Musobaqada Farg'ona viloyatining barcha tumanlaridan 100ga yaqin jamoalar qatnashdi. Musobaqada g'olib chiqqan quyidagi jamoalar Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Ushbu musobaqaning mintaqaviy bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, final bosqichiga yo'llanma olgan Qo'qonlik yosh futzalchilar ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

13 yoshlilar o'rtasida kechgan musobaqaning hal qiluvchi o'yinida qo'qonliklar Qo'shtepalik tengqurlariga yutqazib qo'yishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz