Minamino: "Enfild" - dunyodagi eng yaxshi stadion"

Mirjalol Normatov
6 yanv 2020
Hujumchi Takumi Minamino "Liverpul" tarkibida "Everton"ga qarshi o'yindagi debyuti haqida gapirdi.

"Baxtliman, endi men dunyoning eng buyuk jamoasining bir bo'lagiman. Endi men maydonda nimalarga qodir ekanligimni ko'rsatishim kerak. "Everton"ga qarshi o'yinda gol urish yoki assistent bo'lishni istagandim.

Faoliyatimdagi eng yaxshi o'yinlardan biri o'tdi. Angliyada futbol shunday o'ynalishini bilgandim, shu boisdan hech nimadan taajjublanganim yo'q.

Agressiv pressing va chiziqlar o'rtasidagi katta bo'shliqdan foydalanish "Zalcburg"dagi asosiy vazifamiz edi. Biroq bu yerda tizim boshqacha, shu boisdan farqni tushunib, jamoaga moslashishim kerak.

"Enfild"? Bu futbolchi uchun eng yaxshi stadion. Muxlislar esa ajoyib ekan. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz", - dedi Minamino.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal