

Yaqindagina "Navbahor" jamoasini tark etgan Oston O'runov milliy terma jamoaga yig'iniga yetib keldi. Shuningdek, kuni kecha "Paxtakor"klubi himoyachisi Hojiakbar Alijonov ham Srechko Katanets boshchiligidagi terma jamoa safiga qo'shildi. Osiyo Kubogi oldidan terma jamoamizning asosiy yig'iniga sekin astalik bilan asosiy tarkib futbolchilari kelib qo'shilmoqda.
Bizning saytimizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra Oston O'runov va Hojiakbar Alijonovlarda kichik jarohat bor va shu sabab ushbu futbolchilar terma jamoa yig'iniga kechroq qo'shilishdi.
Eslatib o'tamiz "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shackix yaqindagina Alijonovning jarohati borligi haqida gapirib o'tgan edi.




