Milliy terma jamoamiz Dubaydagi dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2020
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun 9 oktyabr kuni tunda Dubay shahriga yetib bordi.

MTJ delegaciyaning har bir a'zosi Dubay xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirdi va test natijalari chiqquniga qadar ular mehmonxonada "o'zini yakkalash" rejimida bo'lib turdi.

Tahlil natijalariga ko'ra hech kimda koronavirus infekciyasi aniqlanmadi va jamoa mashg'ulotlariga ruxsat berildi. Milliy jamoamiz kechagi mashg'ulotlarni BAA futbol associaciyasi maydonida o'tkazdi.

Dubaydagi yig'in davomida koronavirus infekciyasidan saqlanish, delegaciya a'zolari sog'ligini xavf ostida qoldirmaslik va BAAga qarshi o'yinga to'sqinlik qiladigan xatarlarni oldini olish maqsadida Milliy terma jamoamiz faqatgina "mehmonxona - stadion" yo'nalishi bo'ylab harakat qilishi belgilab qo'yildi.

Shu sababli, delegaciyaning barcha a'zosi karantin qoidalari va normalariga qatiy amal qilgan holda, mehmonxona va stadion hududidan chetga chiqqani yo'q.

Futbolchilarning sog'ligi va kayfiyati a'lo darajada, ayniqsa terma jamoaning yosh a'zolari o'ziga hos ishtiyoq bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

O'zbekiston MTJ bugun "Shabab Al Ahli" klubiga tegishli "Al Rashid" stadionida o'yin oldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати