"Milliy" stadionining chimi yangilandi. Maydon bo'lajak bahslarga tayyor

Eldor Akmurzayev
17 may 2019
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatda futbol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy talabga javob beradigan stadion va maydonlarni barpo qilish va rekonstrukciya ishlarini olib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, poytaxtda joylashgan "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borildi. O'FA buyurtmasiga asosan Turkiyaning "Iren"kompaniyasi tomonidan stadion chimi zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelindi. 

Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hamda Pro-liganing "Rubin" klubi o'rtasidagi o'yin orqali  maysaning birinchi testi o'tkazildi. 10 kundan so'ng ikkinchi sinov amalga oshiriladi. 

Xabaringiz bor, iyun oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi  KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi. Mazkur o'yinlar "Milliy" stadionda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababdan ham maydon maysasini sinovdan o'tkazish jarayonida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper, shuningdek, Olimpiya termasi ustozi Lyubinko Drulovich hamda O'FA mutasaddilari ishtirok etishdi. 

"Milliy" stadionning avvalgi chimi talabga javob bermagani tufayli to'laligicha ko'chirib tashlangandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UFA