

Futbolchining amaldagi jamoasi bilan shartnomasi so'nggi 18 oylikka kirgan edi. Shu tufayli bir qator A Seriya jamoalari unga qiziqayotgandi.
27 yoshli serbiyalik yarim himoyachi "Yuventus"da o'ynashni afzal ko'rmoqda. Aytilishicha, mazkur transferning amalga oshishini yanada qulaylashtirish uchun klublar o'zaro futbolchi almashishi mumkin. "Lacio"ga yo'l olishi mumkin bo'lgan nomlar hali ochiqlanmadi.
Futbolchini o'z safida ko'rishni istaydiganlar orasida PSJ ham bor.



