Milinkovich-Savich yangi shartnoma borasida kelishib oldi

Mirjalol Normatov
23 sen 2018
"Lacio" yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savich bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi.

Football Italia xabariga ko'ra, tomonlar yaqin vaqtlar ichida yangi shartnomaga imzo chekishadi. Shu orqali xavbekning yillik maoshi 3 mln evro bo'ladi.

Shartnomada uning tovon puli ko'rsatilmaydi. "Lacio" futbolchi uchun xaridordan istalgan mablag'ni so'ray oladi.

Savichning xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia