Milevskiyning transferi so'roq ostida

Tolibjon Qosimov
29 iyul 2013
Italiya klubi hujumchining kievning “Dinamo”si bilan orani ochiq qilishini kutishdan charchadi.
Eslatib o'tamiz, Artyom Milevskiy 2 sentyabrdagina erkin agent maqomini qo'lga kiritadi. Ammo futbolchi “Livorno” ko'rigidan o'tish va shartnoma imzolash uchun buni avvalroq amalga oshirmoqchi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Italiya A seriyasining yangi ishtirokchisi “Dinamo”ga ultimatum qo'ydi: yoki klub rahbariyati yaqin bir necha kun ichida futbolchi bilan shartnomani bekor qilib uni qo'yib yuboradi, yoki Livorno muzokaralarni to'xtatib, hujum chizig'ini kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ko'rib chiqishga kirishadi. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: isport.ua