

Insayder Janluka Di Marcioning yozishicha, eronlik hujumchiga Milan va Inter qiziqish bildirmoqda. Portugal klubi jamoa to'purari uchun 30 mln evro so'rayotgan bo'lsa-da, 25 mln evro va qo'shimcha bonus evaziga Taremi bilan xayrlashishi mumkin. Mexdining agenti Jorje Mendesh sanaladi.
Mexdi Taremi o'tgan mavsum jami 50 o'yinda 31ta gol va 10ta assistga mualliflik qilgan.



