"Milan"ning 18 yoshli futbolchisi katta futboldagi debyut o'yinida gol urdi

Omonjon To`xtamirzayev
18 dek 2023
"Milan" himoyachisi Yan-Karlo Shimich A Seriya 16-turi doirasida "Monca" bilan o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Futbolchi o'yinning 41-daqiqasida Rafael Leauning uzatmasidan keyin to'pni darvozaga aniq yo'lladi. Serbiyalik uchun bu gol kattalar futbolidagi birinchi to'pga aylandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Milan" ustozi Stefano Pioli jamoaning yosh futbolchilari o'yini haqida gapirib o'tgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia