"Milan" Zanolo uchun Salemakers va 25 mln evro taklif qildi. "Roma" rad etdi

Alisher
1 iyun 2022, 18:03
"Milan" Nikolo Zanoloning transferi borasidagi bitimga o'z o'yinchisini qo'shmoqchi edi.

"Rossonerilar" rahbariyati "Roma"ga 22 yoshli xavbek uchun Aleksis Salemakers va 25 mln evro taklif qilishdi.

Ammo, rimliklar bu taklifni rad etishdi, sababi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu belgiyalikning o'tishiga qiziqmayapti.

Klublar muzokaralarni davom ettirishmoqda. Zanoloning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia