"Milan" - "Yuventus" uchrashuvida rekord qayd etilishi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
13 fev 2020
Bugun Italiya Kubogining yarim finali doirasidagi "Milan" - "Yuventus" uchrashuvi anshlag ostida o'tishi kutilmoqda.

Kechagi kunning o'zidayoq ushbu o'yinga 70 mingdan ziyod chiptalar sotib bo'lingan. Ushbu natija Italiya Kubogi yarim finalidagi rekord hisoblanadi. 

"San-Siro"ning sig'imi 76 mingni tashkil qiladi va faqatgina "Yuventus" muxlislari uchun ajratilgan sektorga chiptalar qolgan.

"Inter" - "Napoli" o'rtasidagi o'yinni esa 59601 tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib borgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport