“Milan”-“Yuventus” o'yini Italiya Kubogi yarim finallarining rekordini o'rnatdi

Milanda o'tgan uchrashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

Ushbu uchrashuvni kuzatish uchun “San-Siro”ga 72 738 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu esa Italiya Kubogi yarim finallarining rekordi hisoblanadi. Joriy mavsum yarim finalning ikkinchi juftligi “Inter”-“Napoli” (0:1) bahsiga esa 59 601 tomoshabin bevosita o'yinni stadiondan ko'rish uchun keldi.


Manba: Football Italia