"Milan" yarim himoyachisi "Real"ni emas, "Manchester Siti"ni tanladi

Sherzod Nurmatov
20 may 2025
"Milan" futbolchisi Tijani Reynders faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishga tayyorligini bildirdi, deb xabar berdi "Sky Sport France".

26 yoshli xavbek o'z vakillariga "Real" qiziqishlariga qaramay, APL sobiq chempioniga o'tishni afzal ko'rishini aytdi.

Hal qiluvchi omillardan biri Xosep Gvardiolaning obro'-e'tibori bo'ldi – Reyndersga uning o'yin uslubi manzur keladi va ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida o'sishi mumkinligiga ishonchi komil. Qayd etilishicha, "Manchester Siti" futbolchi bilan shartnomaning asosiy bandlarini kelishib olgan.

Tijani Reynders yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 53 o'yin o'tkazib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning "Milan" bilan bitimi 2030 yilning yoziga qadar tuzilgan va futbolchining transfer narxi 50 mln evroga baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk