"Milan" yaqin kunlarda Leau bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Alisher
7 may 2023
Forvard Rafael Leauning "Milan" bilan shartnomasi yaqin vaqtlarda yangilanishi mumkin.

Jamoa rahbariyati kelishuvni 9 may kuni bo'lib o'tadigan "Inter"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final o'yiniga qadar uzaytirishi mumkin.

23 yoshli portugaliyalik 2019 yildan beri "Milan"da o'ynaydi.

U joriy mavsum italyan jamoasi safida 42ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 13ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: pianetamilan.it.