"Milan" yanvarda "Marsel" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi

Alisher
30 okt 2021
"Milan" "Marsel" yarim himoyachisi Bubakar Kamaraga qiziqmoqda.

21 yoshli fransiyalik futbolchi klub bilan 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirishni rad etdi.

"Marsel" futbolchini pulsiz yo'qotmoqchi emas va uni qishda sotishga tayyor.

Kamara 2021/22 yilgi mavsum "Marsel" libosida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato