"Milan" yana bir shov-shuvli transfer amalga oshirishi mumkin

Mirjalol Normatov
4 avg 2018
"Lacio" futbolchisi Sergey Milinkovich-Savich "Milan"ga o'tishi mumkin.

"Sportmediaset" xabariga ko'ra, "burgutlar" futbolchini 120 mln evroga sotishni rejalashtirmoqda. "Milan" esa narxni tushirish uchun bir necha futbolchilaridan, jumladan, Fabio Borinidan voz kechishi mumkin.

Oldinroq, 23 yoshli futbolchiga "Yuventus" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sportmediaset