"Milan" Vlaxovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Yuventus" forvardi "Barselona"ga ketadigan bo'lsa, "rossonerilar" Levandovskiga harakat qilib ko'radi

Alisher Ostonov
4 yanv 2026
"Milan" Dushan Vlahovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Milan" Dushan Vlahovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Milanliklar vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va yozda shartnomasi yakunlanadigan "Yuventus" forvardiga qiziqish bildirmoqda.

Serbiyalikni "Barselona" ham o'z safiga taklif qilmoqchi. Agar kataloniyaliklar o'z maqsadiga erishsa, Robert Levandovski bilan xayrlashadi va polyak bilan “Milan" shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sport Mediaset