Milan Villash-Boash bilan muzokara olib bormoqda

2 iyun 2015, 08:03
Milan klubi jamoa boshqaruviga Zenit bosh murabbiyi Andre Villash-Boashni olib kelishni rejalashtirmoqda.

"Milan" klubi vakillari bir haftadan buyon Andre Villash-Boash bilan qiziqib kelishmoqda. Milanliklar portugaliyalik mutaxassisning xizmatlariga ehtiyoj sezishmoqda.

"Milan" yozgi transfer oynasi vaqtida jamoaga futbolchi sotib olish uchun mablag' ajratishini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Villash-Boashning "Zenit" bilan tuzgan shartnomasi 2016 yilga qadar mo'ljallangan.


Manba: sports.ru