"Milan" va "Vulverxempton" Olimpiadada O'zbekistonga gol urgan futbolchiga qiziqmoqda

Mirjalol Normatov
10 iyul 2025
"Milan" va "Vulverxempton" Ispaniya U21 termasi vakili Mark Pubilga qiziqish bildirmoqda."Milan" va "Vulverxempton" Ispaniya U21 termasi vakili Mark Pubilga qiziqish bildirmoqda.

"Marca" ma'lumotiga ko'ra, "Almeriya" futbolchisining agentlari ikkala klub bilan ham muzokaralarni davom ettirmoqda. 22 yoshli Pubil yozda jamoasini tark etishi aniq bo'lib ulgurgan. Klub uni eng kamida 15 mln evroga sotishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilning yozida Pubil 20 mln evro evaziga "Atalanta"ga o'tishi mumkin edi, biroq Bergamo klubi ushbu transferni amalga oshira olmaydigan bo'ldi.

Ushbu futbolchi Olimpiadada Ispaniya - O'zbekiston uchrashuvida hisobni ochuvchi gol muallifi bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca