

Oldinroq Italiya klubi 23 yoshli forvardi 35-40 mln evro evaziga sotib olishi borasida ma'lumotlar urchigandi.
Kecha Ximenesning agentlari "Feyenoord" rahbariyati bilan uchrashgan va klub futbolchining mavsum yakuniga qadar jamoada qolishini istagan. Biroq hujumchi tezroq "Milan"ga o'tishni istamoqda.
Agarda tomonlar kelishuvga erishishsa, Ximenes ushbu haftaning o'zidayoq Italiyaga yetib borishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Milan" 11 fevral kuni Rottyerdamda YCHL pley-offi doirasida "Feyenoord" mehmoni bo'ladi.
Ushbu mavsumda Ximenes Eredivizida 11 o'yinda qatnashib, 7 gol va 1 assist qayd etdi.



